» » Bosh prokuratura: So‘nggi 2 yilda noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq 473 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura: So‘nggi 2 yilda noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq 473 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


1-fevral kuni Bosh prokuraturada Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev yer uchastkalarini talon-toroj qilish, noqonuniy sotish holatlarini tanqid ostiga oldi.

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki yilda yer sotish, talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 473 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 543 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu jinoyatlarning 71 tasini poraxo‘rlik, 354 tasini firibgarlik, 37 tasini soxtakorlik kabi qilmishlar tashkil etadi.

Bu davrda 295 nafar mansabdor shaxs yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi, ularning 119 nafari yoki 40 foizini yer kadastri xodimlari tashkil etishi qattiq tanqid qilindi.

Misol uchun, Buloqboshi tuman yer resurslari va kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaro U.ga 4 sotix yerni uy-joy qurish uchun ajratib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olganda jinoyat ustida ushlangan.

Muborak tuman bo‘limi mutaxassisi fuqaro E.ga issiqxona qurish uchun yer ajratishni va’da qilib, 14 ming AQSh dollari olganligi uchun sud hukmi bilan yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qo‘mitaning faoliyati faqat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdan iborat “Yermulkkadastr” korxonasi xodimlari ham bunday suiiste’molchiliklarga berilganligi ham ko‘rsatildi.

Masalan, Andijon shahar “Yermulkkadastr” rahbari fuqaro Q.ga 4 sotix yer ajratishni va’da qilib, 10 ming AQSh dollari olganligi uchun sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Oltiariq tuman “Yermulkkadastr” mutaxassisi fuqaro N.ga 5 gektar yerni bog‘ tashkil etish uchun ajratib berish evaziga 22 ming AQSh dollari va 28 million so‘m olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

O‘tgan ikki yilda hokimliklarning 23 nafar, arxitektura va qurilish idoralarining 14 nafar xodimi yer bilan bog‘liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Misol uchun, Arnasoy tumani hokimining o‘rinbosari tadbirkorga parrandachilik kompleksi uchun yer ajratish evaziga 13 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 3 ming AQSh dollarini olganda qo‘lga olingan.

Yer ajratish evaziga Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 5 million so‘m, Xiva shahri hokimi o‘rinbosari 2 ming AQSh dollari, Chust tumani hokimi o‘rinbosari 2 ming, Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari 6 ming, Navbahor tumani hokimining o‘rinbosari 11 ming AQSh dollari pora olganligi uchun javobgar bo‘lgan.

Ishchi guruhlar tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan xatlovda qariyb 23 ming gektar maydondagi 142 mingdan ortiq bino va inshootlarning biron — bir hujjati mavjud emasligi, 1 450 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi, 855 gektar yerda obyektlar noqonuniy qurilgani aniqlangan.

Xatlov jarayonida ayrim mutasaddilar yo‘l qo‘ygan jiddiy qonun buzilishi holatlari ham aniqlangan.

Misol uchun, Yangiyo‘l tuman “Yermulkkadastr” xodimlari yer ajratilgani haqida hokimning qalbaki qarorini tayyorlash, qurilmagan uyni go‘yoki qurilgan deb qalbaki kadastr hujjatini tuzish orqali 12 nafar fuqaroga 7 gektar yerni berib yuborgan.

2019-yil 17-dekabr kuni Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘limi mudiri va fuqaro S. 30 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga fuqaro X.dan 120 ming AQSh dollari olganda qo‘lga olingan.

Bu holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.

Ayrim fermerlar ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotayotganligi ham tanqid ostiga olindi. So‘nggi ikki yilda 76 nafar fermer yerlarni noqonuniy sotganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Zangiota tumani “Semurg‘” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi T. fuqaro P.ga 70 sotix sug‘oriladigan yerning har bir sotixini 5 ming AQSh dollaridan, jami 350 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 50 ming AQSh dollarini olayotganda ushlandi.

Vaholanki, ushbu yer maydoni Zangiota tumani hokimining qarori bilan shu fermer xo‘jaligiga meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sexi tashkil qilish uchun berilgan.

Qibraydagi “Toshkent oazis” fermer xo‘jaligi rahbari I. ham 26 sotix yer maydonini 3 nafar fuqaroga jami 208 ming AQSh dollariga sotib yuborganligi uchun tergov qilinmoqda.

Yig‘ilishda, yerga oid qonun buzilishi holatlarining oldini olishga ko‘maklashishga mas’ul Fermerlar kengashi, mahalla raislari, uchastka profilaktika inspektorlari yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalarni oldini olishda tashabbus ko‘rsatmayotganligi ta’kidlanib, ulardan yana-da faollik ko‘rsatish so‘raldi.

Oxirgi ikki yilda 21 nafar mahalla raisi yer bilan bog‘liq jinoyatlari uchun javobgar bo‘lganligi tanqid ostiga olindi.

Misol uchun, Xiva tumanidagi “Qushchi Kattabog‘” mahallasi raisi

E. fuqaro R.dan 2 ta turar-joy uchun zaxiradagi yerlardan ajratishni va’da qilib, 10 ming AQSh dollari talab qilgan hamda shundan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Qarshi tumanida esa, “Kat” mahallasi raisi Sh. fuqaro U.ga 12 sotix yerni uy-joy qurish uchun ajratib berish evaziga 70 million so‘m olganda qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют