» » APL. “Tottenhem” 1 kishi kam bo‘lib qolgan “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi (video)

APL. “Tottenhem” 1 kishi kam bo‘lib qolgan “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 22-turining markaziy uchrashuvida “Tottenhem” va “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.

Joze Mourinyo qo‘l ostidagi “Tottenhem” Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti”sini taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Oleksandr Zinchenkoning ikkinchi sariq kartochkasidan keyin “shaharliklar” bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Oradan uch daqiqa o‘tib “shporlar” safida debyutini nishonlagan Steven Bergveyn hisobni ochdi. 71-daqiqada Son Hyon Min maydon egalarining ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa “Tottenhem” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 37 taga yetkazib olgan holda beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Siti” (51) esa ikkinchi o‘rinda qoldi va peshqadam “Liverpul” bilan o‘rtadagi farq 22 ochkoni tashkil qilmoqda.

APL

25-tur bahslari

2-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 63 Bergveyn, 2:0 — 71 Son Hyon Min

“Tottenhem”: Lyoris, Orye, Alderveyreld, Sanches, Tanganga, Lukas Moura (Dayer, 84), Alli (Ndombele, 70), Son Hyon Min, Lo Chelso, Bergveyn (Lamela, 70), Uinks.

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Zinchenko, Uoker, Fernandino, Rodri Ernandes, Gundo‘g‘an, Mahrez (Gabriel Jezus, 72), de Bryuyne, Sterling (Bernardu Silva, 84), Aguero (Joau Kanselu, 64).

Ogohlantirishlar: Sterling (12), Uoker (33), Alderveyreld (42), Zinchenko (42), Lo Chelso (66).

Chetlatish: Zinchenko (60).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют