» » Germaniya AQShni Suriyadagi harbiy operatsiyalardan qaytaradi

Germaniya AQShni Suriyadagi harbiy operatsiyalardan qaytaradi


Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel ZDF telekanali efirida AQShni Suriyadagi bo‘lg‘usi harbiy operatsiyalardan voz kechishga chaqirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Faqat harbiy harakatlarga umid bog‘lash kerak emas. Aks holda nizo keskinlashadi va yanada ko‘proq odamlar halok bo‘ladi”, — dedi Germaniya TIV rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi hafta AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda yevropalik diplomatlar Vashingtonni harbiy eskalatsiyadan qaytarmoqchi.

Gabriel ta’kidlashicha, Suriyada vaziyatning keskinlashuvi shunday nizoga olib kelishi mumkinki, u Damashqdan boshqalarni ham o‘z domiga tortishi mumkin.

Vazir ishonch bildirishicha, Suriyadagi keskinlashuv faqat barcha tomonlar, shu jumladan, Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni va AQSh ishtirokidagi muzokaralar yo‘li bilan tartibga solinishi mumkin.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют