» » “1917” tarixiy filmi Britaniya kinoakademiyasi mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

“1917” tarixiy filmi Britaniya kinoakademiyasi mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi


Rejissor Sem Mendesning “1917” tarixiy dramasi 2-fevral, yakshanba kuni, Londonda o‘tkazilgan Britaniya kinoakademiyasi (BAFTA) taqdirlash marosimining asosiy sovrinini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Meduza.

Kartina jami to‘qqizta nominatsiyaning yettitasida mutlaq g‘olib deb topildi. Jumladan, eng nufuzli “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi Britaniya filmi” nominatsiyalarida g‘alaba qozondi.

Mendes eng yaxshi rejissor deb topildi, film eng yaxshi operatorlik ishi, sahnalashtiruvchi rassom, ovoz va vizual effektlari uchun ham e’tirof etildi.

Bundan avval “1917” filmi “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan edi.

BAFTA’ning eng yaxshi aktyorlar nominatsiyalarida “Judi” filmi uchun Rene Zellveger va “Joker” filmi uchun Xoakin Feniks ham mukofotni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi darajali rollar uchun “Nikoh hikoyasi” filmidagi ijrosi uchun Lora Dern va “Kunlarning birida Gollivudda” filmidagi obrazi uchun Bred Pitt taqdirlandi.

Rejissor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” kartinasi esa ingliz tilida suratga olinmagan eng yaxshi film deb topildi. Ushbu film, shuningdek, “Eng original ssenariy” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют