» » Koreys rejissorining “Tekinxo‘rlar” filmi “Oltin palma novdasi” mukofotiga loyiq deb topildi

Koreys rejissorining “Tekinxo‘rlar” filmi “Oltin palma novdasi” mukofotiga loyiq deb topildi


Kann kinofestivalining “Oltin palma novdasi” mukofotini koreys rejissori Pon Chjun Xo o‘zining “Tekinxo‘rlar” filmi uchun qo‘lga kiritdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ahamiyati bo‘yicha ikkinchi mukofot bo‘lgan gran-pri esa “Atlantika” filmi uchun senegallik rejissor Mati Diopga nasib qildi.

Eng yaxshi aktyor Antonio Banderas (Pedro Almodovarning “Azob va shuxrat” filmidagi roli uchun), eng yaxshi aktrisa esa Emili Bichem (Jessika Xausnerning “Bolakay Jo” filmidagi roli uchun) deb topildi.

Eng yaxshi rejissorlar deb “Yosh Ahmed” filmi ijodkorlari Jan-Pyer va Lyuk Dardenn tan olindi. Hakamlar hay’ati mukofotini esa Laja Lining “Xo‘rlanganlar” hamda kichik Kleber Mendosning “Bakurau” filmlari qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют