» » Eng yaxshi aktyor, eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi film aniqlandi. PROlogue — 2017 yopilish marosimidan reportaj (foto va video)

Eng yaxshi aktyor, eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi film aniqlandi. PROlogue — 2017 yopilish marosimidan reportaj (foto va video)


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi va Kinemotografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika PROlogue — 2017 kinofestivalining tantanali “qizil yo‘lakcha” hamda yopilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad marosimdan foto va videoreportaj tayyorladi.

30-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida PROlogue — 2017 kinofestivalining eng kutilgan “qizil yo‘lakcha” hamda yopilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Yopilish marosimiga Dilnoza Kubayeva, Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Shodiyeva hamda Akbarxo‘ja Rasulovlar boshlovchilik qildi.

“PROlogue — 2017” da “Eng yaxshi ssenariy” Maftuna Alloqulovaga “Xorazm jonginam” filmi uchun nasib etdi.

“Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Limuzin” filmi uchun Baxtiyor Ataboyev taqdirlandi.

“Eng yaxshi erkak roli uchun” mukofoti Fotih Nasimovga “Ustunsiz uy” filmidagi roli uchun nasib etgan bo‘lsa, “Eng yaxshi ayol roli”ga “Dilemma” filmidagi ijrosi uchun Oyparcha Abdullayeva loyiq topildi.

“Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasida “Akvarium” filmi uchun Hasan Alijonov g‘olib deb topildi.

Festivalga kelib tushgan filmlarning eng yaxshisi deb Muxlisa Azizovaning yettita xalqaro kinofestivalda namoyish qilingan “U” filmi topildi, hamda bosh sovrin bilan taqdirlandi.

Pitching tanlovida o‘z loyihalari bilan ishtirok etgan yoshlar orasidan esa Sherzod Musayevning “O‘gay” va Muhammad Yusupovning “Oq-qora spektakl” loyihalari g‘olib deb topildi.

Shuningdek, marosimda taniqli ustoz san’atkorlar Ali Hamroyev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev, Yusuf Roziqov, Damir Salimovga “O‘zbek kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti topshirildi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют