» » Paxta yetishtirishda 2020-yildan boshlab davlat buyurtmasi tizimidan voz kechiladi

Paxta yetishtirishda 2020-yildan boshlab davlat buyurtmasi tizimidan voz kechiladi


O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab paxta hosili uchun davlat rejasi va davlat buyurtmasi tizimidan voz kechiladi. Hokimlar esa paxta masalasi bilan shug‘ullanmaydi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti 4-fevral, seshanba kuni, o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda shunday topshiriq bergan.

Jamshid Xo‘jayevning fikriga ko‘ra, davlat buyurtmasi bilan ekin ekish qishloq xo‘jaligi tajribalariga zid holat hisoblanadi. Uning qayd etishicha, davlat buyurtmasidan voz kechish, qishloq xo‘jaligi sohasini transformatsiya qilish boshlanganini bildiradi.

24-yanvar kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekistonda paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Prezident ishtirokida 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda klasterlar faoliyatini rivojlantirish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari muhokama qilingan. Yig‘ilishda Prezident sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo‘yilishi haqida gapirgan.

Yig‘ilishda ishtirok etgan qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Bahodir Xoliqovning so‘zlariga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi klaster va fermerlar uchun faqat servis tashkilot vazifasini bajarishi kerak.

Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, respublika bo‘ylab 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer mavjud. 2023-yil oxiriga borib bu yerlarning 3,2 million gektari klasterlar tomonidan egallanadi.

Respublika bo‘ylab faqat meva-sabzavot yetishtiradigan tuman yoki hudud yo‘q. Balki, g‘alla va meva-sabzavot yetishtiradigan yoki faqat paxta va meva-sabzavot yetishtiradigan tumanlar mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют