» » YPX inspektoriga 1 mln so‘m pora bergan farg‘onalik haydovchi ushlandi

YPX inspektoriga 1 mln so‘m pora bergan farg‘onalik haydovchi ushlandi


Farg‘onada o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik hamda avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 1 mln so‘m pora taklif qilgan qoidabuzar haydovchi ushlandi.

Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, joriy yilning 3-fevral kuni Farg‘ona shahridagi Al-Farg‘oniy ko‘chasida viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori tomonidan shubhali harakatlangan Damas rusumli avtomashina to‘xtatilgan.

Haydovchi YPX xodimi so‘roviga binoan avtomashina hujjatlarini, ya’ni transport vositasini qayd etish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, ishonchnoma va majburiy sug‘urta polisini taqdim qila olmagan. Shundan so‘ng unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng Damas haydovchisi YPX inspektoriga bir million so‘m pora taklif qilib, o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslikni hamda avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berishni so‘raydi.

YPX xodimi haydovchining noqonuniy xatti-harakati ustidan IIB rahbariyatiga yozgan bildirgiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida qoidabuzar haydovchi 1 mln so‘mni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bu Farg‘onada YPX xodimlarining porani rad etishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avvalroq YHXB xodimiga 500 ming so‘m pora berishga uringan haydovchi qo‘lga olingani haqida xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют