» » Rossiya Tojikiston fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilishga yordam berishni va’da qildi

Rossiya Tojikiston fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilishga yordam berishni va’da qildi


Rossiya Tojikistonning o‘z fuqarolarini Xitoyning koronavirus tarqalgan hududlaridan evakuatsiya qilish bo‘yicha iltimosini bajara olmadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Avvalroq, Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Imomuddin Sattorov bergan ma’lumotga ko‘ra, Tojikiston hukumati Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va hukumatiga Xitoyning Xubey provinsiyasidan tojikistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgan. Rossiya tomonidan bunga rozilik bergan.

Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Xitoyning turli shaharlaridan rossiyaliklarni evakuatsiya qilgan Rossiya havo-kosmik kuchlarining ikkita reysiga Tojikiston fuqarolari olinmagan. Bunga Xitoydan evakuatsiya qilingan rossiyaliklar joylashtirilgan Tyumen viloyatida yetarlicha izolyatorlar mavjud emasligi sabab bo‘lgan. Rossiya hukumati ikki haftadan keyin, izolyatorlar bo‘shaganda va Xitoydan rossiyaliklarning keyingi evakuatsiyasi amalga oshirilganda, Tojikiston fuqarolari ham evakuatsiya qilinishini va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilish bo‘yicha ikkita charter reysini amalga oshirdi. Ularning birinchisi 4-fevral kuni amalga oshirildi va Pekin shahridan 250 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ushbu fuqarolarda koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi. 5-fevral kuni 84 nafar O‘zbekiston fuqarosi Uxan shahridan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tashkil qilingan maxsus muassasalarga joylashtirildi va u yerda ikki hafta davomida nazorat ostida bo‘ladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar orasida besh nafar Qozog‘iston fuqarosi ham bo‘lgan. Shuningdek, yaqin vaqt ichida yana 260 nafar o‘zbekistonlik charter reysi bilan Pekindan olib kelishini kutilmoqda.

Avvalroq, tojikistonlik talabalar Toshkent orqali o‘z yurtiga qaytayotgani haqidagi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 5-fevralning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют