» » Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi

Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi


Koronavirusning tarqalishi tufayli odamlarni Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways.

“Har ikki tomondan biologik xavfsizlik choralariga rioya qilish virusologiya mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nazorat qilindi. Pekindan yo‘lovchilar bilan uchinchi reys Toshkentga mahalliy vaqt bilan 04:40 da yetib keldi. Samolyot bortida 251 yo‘lovchi, ekipaj a’zolari va zamonaviy himoya vositalari bo‘lgan tibbiyot vakillari bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi, 5-fevral kuni Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari navbatdagi charter reysida Pekin aeroportidan Toshkentga uchgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga doir: Pekindan qaytgan O‘zbekiston fuqarolarida koronavirus aniqlanmadi

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral kuni ham Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga charter reys bilan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelinib, karantinga joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют