» » Qozog‘iston o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilgan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Qozog‘iston o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilgan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi


Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan telefonda suhbatlashib, qozog‘istonliklarning Xitoydan evakuatsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Qozog‘iston SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining tezkor markazi orqali doimiy aloqada bo‘lishga va axborot almashinuvni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi. Xususan, ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari Toshkentda ikki hafta karantinda bo‘ladigan 5 nafar qozog‘istonlikning holati monitoringini o‘tkazib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston tomoni iltimosiga ko‘ra, 5-fevral kuni Xitoyning Uxan shahridan Rossiya va O‘zbekistonning maxsus bortlarida 8 nafar Qozog‘iston fuqarosi evakuatsiya qilingandi. Ularning 5 nafari Toshkentda, qolgan uch nafari esa Tyumen shahrida ikki hafta davomida shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi.

Xitoy koronavirusi tarqalgani haqidagi xabarlar ortidan O‘zbekistonda tibbiy himoya niqoblariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Bu esa tibbiy niqoblar defitsitini va uning ortidan narxlar oshishini keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekistonda tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют