» » Superliga 2020-yilgi mavsumiga bugun qur’a tashlanadi

Superliga 2020-yilgi mavsumiga bugun qur’a tashlanadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2020-yilgi mavsumiga 8-fevral, shanba kuni qur’a tashlanadi.

“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan marosim 18:00 da boshlanadi. Qur’a tashlash jarayonini “Sport TV” orqali jonli efirga uzatish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Superliga 2020-yilgi mavsumida 14 ta jamoa ishtirok etadi. 2019-yilgi mavsumda so‘nggi o‘rinni olib quyi ligaga ravona bo‘lgan “Dinamo” o‘rnini Pro Liga g‘olibi “Mash’al” egallagan.

Superliga—2020 ishtirokchilari bilan tanishing:

“Paxtakor”

“Lokomotiv”

“Bunyodkor”

“So‘g‘diyona”

“Metallurg”

“Surxon”

“Nasaf”

OKMK

“Navbahor”

“Andijon”

“Qo‘qon-1912”

“Buxoro”

“Qizilqum”

“Mash’al”

Superliganing yangi mavsumi 27-fevralda start oladi va 25-noyabrga qadar davom etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют