» » Abdulaziz Komilov Bokuda Turkiy kengash TIVK majlisida ishtirok etdi

Abdulaziz Komilov Bokuda Turkiy kengash TIVK majlisida ishtirok etdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 6-fevral kuni Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston hamda Turkmaniston va Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari qatnashgan.

Majlisda turkiy tilli davlatlar hamkorligining savdo va investitsiya, transport va tranzit, energetika va yangi texnologiyalar, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, turizm, madaniyat va ta’lim kabi asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan.

Shuningdek, dunyoda Turkiy kengashga qiziqishning ortganligi, kotibiyat nomiga ayrim davlatlardan kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi murojaatlar kelib tushayotganligi bundan guvohlik berishi qayd etilgan.

“Bizning tashkilot umumiy tarixiy ildizlar va umumiy tamaddun asosida davlatlar hamkorligining keng va ochiq maydoniga aylanmoqda”, – degan Abdulaziz Komilov. Shu munosabat bilan kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va kotibiyatning Turkiy kengashda sheriklik institutini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani o‘rganib chiqish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston tomoni 2019-yil 30-noyabrda O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan Turksoy doimiy kengashining 37-yig‘ilishida Xiva shahrini joriy yilda “Turkiy dunyo madaniy poytaxti” deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini iliq qarshi oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют