» » Foto: Xitoydagi koronavirus dahshati — ishib ketgan qo‘llar, infeksiyalangan ayoldan tug‘ilgan sog‘lom chaqaloq, niqoblar tanqisligi

Foto: Xitoydagi koronavirus dahshati — ishib ketgan qo‘llar, infeksiyalangan ayoldan tug‘ilgan sog‘lom chaqaloq, niqoblar tanqisligi


Xitoy sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi mamlakatda koronavirus sabab 722 kishi vafot etgani haqida ma‘lum qildi. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 30 ming kishidan oshib ketdi.

BigPicture Xitoyda davom etayotgan murakkab epidemik vaziyat naqadar og‘irligini ifodalangan suratlar to‘plamini e’lon qildi.

Mamlakatdagi barcha tibbiyot xodimlari epidemiya o‘chog‘iga borishga majbur. Suratda tibbiyot brigadasi a’zosi Uxanga borishdan oldin ko‘z yoshlarini artmoqda.

Shifokor ayol turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashmoqda.

Uxandagi tibbiyot xodimlariga juda qiyin. Suratda navbatdagi ish smenasidan chiqqan shifokorning qo‘llari.

Mavzuga doir: Foto: Virus tarqalganidan so‘ng Uxandagi tibbiyot xodimlarining kun tartibi

Virus tezlik bilan tarqalayotgani sabab xitoyliklar ko‘chaga juda kam chiqishmoqda. Suratda Pekindagi doimo gavjum bo‘ladigan Tyananmen maydoni.

Uxan shahrining o‘zi ham arvoh-shaharga aylanib qolgan.

1,3 milliard aholisi bor Xitoyda niqob taqmagan insonni uchratmaysiz.

Niqoblar barchaga yetmayotgani sababli ayrim xitoyliklar boshqa himoya vositalaridan foydalanmoqda.

Odamlar, asosan, bolalar va qariyalarning xavfsizligini ta’minlashga urinmoqda, chunki ular kasallik qarshisida zaifdir.

Bu yangi niqob uchun dorixonalardan birining oldidagi navbat.

Barcha aholining tana harorati muntazam o‘lchab turilmoqda.

Mavzuga doir: Xitoydan charter reys bilan keltirilgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda karantin o‘tamoqda? (foto)

Odamlar iloji boricha supermarketlardan uzoq muddatga yetadigan yeguliklarni olishga urinmoqda.

Shu sabab ko‘plab do‘konlarda taqchillik yuzaga kelgan.

Ayrim davlatlar kasallik xavfi sabab o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilib bo‘ldi.

Koronavirusga chalingan ayol sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют