» » Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qildi

Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qildi


Amerika va Xitoy aktyori Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga million yuan (143 ming dollar) mukofot berishini ma’lum qildi, deb xabar berdi New Straits Times Online.

Aktyor ushbu bayonot preparat ixtiro qilinish jarayonini tezlashtirishiga umid bildirmoqda.

U, shuningdek Xitoyda himoya kiyimi va tibbiy niqoblar uchun xayriya qilishini ham qo‘shimcha qildi.

“Men rivojlanishi kerak bo‘lgan ko‘chalarning huvillab qolishiga qarab tura olmayman. Hayotdan zavq olishi kerak bo‘lgan g‘amgin insonlarga ham qaray olmayman”, — dedi Jeki Chan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 800 dan oshib ketdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 8-fevral holatiga ko‘ra koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют