» » Liga 1. PSJ o‘z maydonida “Lion”dan ustun keldi

Liga 1. PSJ o‘z maydonida “Lion”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 24-turida PSJ 9-fevral, yakshanba kuni “Lion”ni qabul qildi.

Parijliklar safida Anxel di Mariya (22), Kilian Mbappe (38) va Edinson Kavani (79) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mehmonlar futbolchisi Marsal (47) bir marta o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

“Lion”ning javob gollariga Marten Terye (52) va Mussa Dembele (59) mualliflik qildi.

PSJ Liga 1 musobaqa jadvalida 61 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Liga 1

24-tur bahsi

9-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 – 22 Di Mariya, 2:0 – 38 Mbappe, 3:0 – 47, avtogol Marsal, 3:1 – 52 Terye, 3:2 – 59 Dembele, 4:2 – 79 Kavani.

PSJ: Navas, Menye, Kerer, Kimpembe, Kurzava, Guye, Verratti, Di Mariya (Paredes, 85), Draksler (Sarabiya, 65), Ikardi (Kavani, 76), Mbappe.

“Lion”: Antoni Lopesh, Rafael, Marselo, Marsal (Tete, 56), Denayer, Tuzar, Tiago Mendes, Terye (Traore, 77), Auar, Sherki (Toko-Ekambi, 56), Dembele.

Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Toko-Ekambi (90), Marselo (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 03:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют