» » Namanganda cho‘kayotgan ayolni qutqargan milliy gvardiya xodimining o‘zi suvda bedarak yo‘qoldi

Namanganda cho‘kayotgan ayolni qutqargan milliy gvardiya xodimining o‘zi suvda bedarak yo‘qoldi


10-fevral soat 10:00 atrofida Namangan viloyati Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi (Farg‘ona halqasi avto yo‘lining 98 kilometrida) ko‘prigida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi A.Abdulvoxidov daryoda cho‘kayotgan ayolga ko‘zi tushib, uni qutqarish maqsadida zudlik bilan o‘zini suvga tashlagan. Ayolni kuchli oqim domidan olib chiqib, qirg‘oqdagi sherigi qo‘liga topshirgan yigit, uning hayotini saqlab qolgan, deb yozmoqda Milliy gvardiya axborot xizmati.

Biroq qish faslidagi suv harorati sovuq ekani hamda unda ko‘p vaqt qolib ketganligi oqibatida Abdulxodining tomirlari tortishib qolgan va daryoning kuchli oqimi uni olib ketib qolgan. Ayol esa zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qutqarilgan ayol 1994-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi N.O. bo‘lib, joniga suiqasd qilish maqsadida daryoga o‘zini tashlagan. Holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy gvardiya xodimi A.Abdulvoxidovning qidiruv-qutqaruv ishlari hamon olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Qashqadaryoda Milliy gvardiya xodimlari Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosiga sakrab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ikki fuqaroning hayotini saqlab qolgan edi. Samarqandlik yigit esa suvda cho‘kayotgan 3 yashar bolakayni qutqargandi. Xorazmlik 21 yoshli Yoqubboy Do‘smatov suvga cho‘kayotgan ayolning hayotini saqlab qolgan. Bu jasorati uchun Yoqubboy Do‘smatov FVBga ishga taklif qilingan. Biroq bu vaqtda u Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketgan edi. Rossiyaga borgach, yigitning o‘zi ham qiyin vaziyatga tushib qolgan.

5-fevral kuni talabalar Darg‘om kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarib qolgan. keyinchalik 8-fevral kuni Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti talabalari bo‘lgan Ro‘zimurod Mardonov va Sarvar Muhammadiyev FVB tomonidan tashakkurnoma topshirilgandi.

Mavzuga doir: Qoraqalpog‘istonda cho‘kayotgan bolani qutqargan o‘quvchi mukofotlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют