» » Xitoyning asosiy ishlabchiqarish korxonalari asta-sekin o‘z faoliyatini tiklamoqda

Xitoyning asosiy ishlabchiqarish korxonalari asta-sekin o‘z faoliyatini tiklamoqda


Xitoydagi asosiy sanoat tarmoqlari bo‘yicha korxonalar koronavirus tarqalishi sharoitida ishlabchiqarishni davom ettirishni boshladi, biroq hali ham ularning ishini qiyinlashtiruvchi muammolar mavjud. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Xitoy taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi vakili Sun Lyan ma’lum qildi.

“Mamlakatdagi umumiy vaziyatdan kelib chiqsak, Xubey provinsiyasidan tashqari barcha joylarda ishlabchiqarish, ayniqsa, tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari, energetika, transport va logistika kabi asosiy ishlabchiqarish sohalari o‘z faoliyatini asta-sekin tiklamoqda”, — degan Sun Lyan.

Uning aytishicha, 10-fevral holatiga ko‘ra mamlakatning 22 hududida himoya niqoblarini ishlabchiqaruvchi korxonalar ishlabchiqarishni 76 foizga, himoya kiyimlarini ishlabchiqaruvchi korxonalar — 77 foizga, don yetishtirish va uni qayta ishlash korxonalari — 94,6 foizga tiklashga erishdi.

Ko‘mir konlarida ishlabchiqarish 57,8 foizga qayta tiklangani, elektr energiyasi, tabiiy gaz yetarli miqdorda yetkazib berilayotgani, temir yo‘l, aviatsiya va suv transporti aloqalari yaxshi ishlayotganini ham ta’kidlagan.

Shu bilan birga, ishlabchiqarishni to‘liq miqyosda qayta tiklashda ishchi kuchi yetishmasligi, ayrim joylarda ish vaqti boshlanishi chegaralangani, kasallik tarqalishining oldini olish uchun profilaktika tovarlari yetishmasligi kabi bir qator muammolarga duch kelishini juda yaxshi tushunishini aytib o‘tgan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют