» » Koronavirusga qarshi vaksinaning qachon ishlab chiqilishi ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi vaksinaning qachon ishlab chiqilishi ma’lum qilindi


Ekspertlar Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina 18 oydan keyin paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Jenevada o‘tgan konferensiyada JSST rahbari Tedros Adan Gebreyesus ma’lum qilgan. Ushbu ma’lumot tashkilotning Twitter’dagi sahifasida ham aks etgan.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlab chiqilishiga uzoq vaqt ketishini hisobga olgan holda hozirning o‘zida koronavirus keltirib chiqaradigan COVID-19 nomli kasallikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga mavjud resurslarni safarbar etish lozim. JSST bu borada o‘z tavsiyalarini bergan, masalan, 40–60 soniya oralig‘ida qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, aksa urgan vaqtda og‘iz va burunni kaft bilan berkitish, tumov alomatlari ko‘p uchraydigan gavjum joylarga bormaslik, shuningdek kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqot qilmaslik shular jumlasidan.

Daily media briefing on #2019nCoV with @DrTedros https://t.co/rIOrFuLckE

— World Health Organization (WHO) (@WHO) February 11, 2020

Koronavirus Uxan shahrida 2019-yil dekabrida tarqala boshlagan. Ayni vaqtda kasallikka chalinish holatlari XXRdan tashqari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida kuzatilgan. JSST koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgan.

2020-yil 11-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1016 kishidan oshib ketgan, mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ulardan 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berib yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют