» » O‘zbekistonda xususiy ijro byurolari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda xususiy ijro byurolari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda sud qarorlarini ijro etish tizimini ilg‘or xalqaro amaliyot asosida qayta ko‘rib chiqilib, nodavlat ijrochilar instituti tashkil qilinadi. Bu haqda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Dastur loyihasida Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Oliy sud tomonidan 2020-yil 1-avgustga qadar xususiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, xususiy ijro byurosining vazifa va funksiyalari doirasi hamda xususiy ijro byurosi faqat yuridik shaxslar qarzdor bo‘lgan holatlarda ish yuritish mexanizmi va jismoniy shaxsdan har qanday undiruvni amalga oshirish mumkin emasligi nazarda tutilgan hujjat loyihasi ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan.

Xususiy ijro byurosi instituti ko‘plab xorij mamlakatlarida mavjud va samarali faoliyat olib boradi. Ijrochilar kollektor kompaniya, qarzdorlikni undirish agentligi yoki boshqa shaklda ishlashi mumkin. Xususiy kompaniya tarzida ishlaydigan ushbu tashkilotlar qarzdorlardan davlat hisobiga pul undirish muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют