» » Sirdaryo viloyatida yangi turdagi yo‘l belgisi o‘rnatildi

Sirdaryo viloyatida yangi turdagi yo‘l belgisi o‘rnatildi


Sirdaryo viloyatida yangi turdagi “Avariya o‘chog‘i” ogohlantiruvchi yo‘l belgisi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda IIB YHXB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2018—2019-yillarda Sirdaryo viloyati hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari tahlil etilganda xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bir qator yo‘llarning piyodalar o‘tish joylari va qayrilib olish joylarida 2 va 3 tadan yo‘l transport hodisalari sodir etilganligi aniqlangan.

Shu sababli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yangi yo‘l belgisi o‘rnatilgan.

“Haydovchilardan yo‘llarda transport vositasida harakatlangan vaqtda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini, “Avariya o‘chog‘i” yo‘l belgisi oldidan o‘tgan vaqtda tezlikni imkon qadar kamaytirish va ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют