» » 2019-yilda Toshkentda avtohalokatlar soni kamayadimi?

2019-yilda Toshkentda avtohalokatlar soni kamayadimi?


2019-yilda Toshkent shahrida avtohalokatlarning oldini olish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshiriladi? O‘zA ushbu savol bilan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizjon Sadirovga murojaat qildi.

— So‘nggi paytlarda Toshkent shahrida transport vositalari soni tobora ortib bormoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining bir qator ijobiy ishlari samarasi natijasida yo‘l-transport hodisalari soni kamaymoqda.

2018—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu konsepsiya talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘llarni avtomatik tarzda boshqarish, harakat nazoratini amalga oshirish samaradorligini yaxshilash, yo‘llar holatini jahon standartlariga tenglashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtning 115 ta chorrahasida foto va videoni qayd etish kuzatuv kameralari tomonidan haydovchilarning 7 turdagi qoidabuzarliklari yuzasidan haydovchilarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.

Hozirda 4 ta ko‘chma 16 ta statsionar tezlikni o‘lchash moslamalari o‘z faoliyatini boshlagandan keyin yo‘l-transport hodisalari keskin kamayishga erishildi, bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, markaziy ko‘chalarga “To‘xtab turish joyi” yo‘l belgisi va unga “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli” qo‘shimcha axborot belgisi o‘rnatildi. Mazkur yo‘l belgisi ta’siri ostida haydovchilar transport vositalarini yo‘lning qatnov qismiga ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha joylashtirishi natijasida ushbu yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati ortib, tirbandliklarning oldi olinmoqda.

Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, tirbandliklarning oldini olish hamda atmosferaga chiqarilayotgan zaharli tutun miqdorini kamaytirish maqsadida, hozirgi kunga qadar poytaxtning 34 ta chorrahasiga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatildi. Ushbu yo‘l belgisi ta’siri ostida transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi chirog‘i yonib turgan bo‘lsada, barcha yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘l bergan holda o‘ngga harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Aytish joizki, haydovchi harakatlanish qoidalariga amal qilmas ekan, bu boradagi bilimlari, tajribasi yetarli bo‘lmas ekan, mazkur amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zlangan natijani bermaydi. Shu bois, haydovchilarni tayyorlash maktablarining moddiy-texnik bazasi hamda o‘qituvchilarning bilim saviyasini oshirish maqsadida barcha avtomaktablar faoliyati qayta o‘rganib chiqildi. Ularning 50 dan ortig‘ining faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют