» » O‘zbekistonda milliy uslubdagi graffitilar yaratishga qonunan ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda milliy uslubdagi graffitilar yaratishga qonunan ruxsat berilishi mumkin


O‘zbekistonda maxsus talablarga mos keladigan milliy uslubda graffiti yaratishga rasman ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z yuritiladi.

Qayd etilishicha, har bir viloyatda sayyohlik salohiyatini oshirish uchun kamida bitta shunday ko‘cha bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga rasm “noyob ko‘cha san’ati” loyihasi doirasida milliy uslubda va ranglarda yaratilishi kerak. Ushbu loyihani 2020-yilning avgustiga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, sayyohlik obyektlaridagi suratlar uchun hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlar talab qilinmasligi aytib o‘tilgan.

Suratlarni yaratish ustida ishlash huquqini madaniyat sohasidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, graffitilar imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yo‘li bilan chizilgan qadimiy yozuv, naqsh va suratlar bo‘lib, italyan tilidan tarjima qilinganda “tirnalgan” degan ma’noni anglatadi.

Graffitilar qadimiy odamlarning kasbi, qiziqishi, san’ati, turmush tarzi to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni saqlab qolgan. Graffitilar qadimiy qabilalarning jonli tilini bilishga imkon beradi. U paleografiya fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют