» » JSST vakili O‘zbekistonning silga qarshi kurash borasidagi faoliyatiga yuqori baho berdi

JSST vakili O‘zbekistonning silga qarshi kurash borasidagi faoliyatiga yuqori baho berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge O‘zbekistonga tashrifi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, Xans Klyuge O‘zbekistonda silga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho bergan.

“O‘zim 20 yil muqaddam silga qarshi kurashish loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida ish olib borganman. Oradan 20 yil o‘tdi. Natijalar juda ajoyib. O‘ylaymanki, O‘zbekistonning bunday tajribasini boshqa mamlakatlarga ham namuna sifatida tavsiya qilgan bo‘lardim”, — degan Xans Klyuge.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, bunday yuqori natijaga erishishda Prezidentning “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda ushbu hujjat bilan qabul qilingan “2019—2021-yillarda sil va o‘pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlari” dasturi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda sil kasalliklarini davolash bo‘yicha yuqori natijalar qayd etilmoqda. Xususan, davolash samaradorligi 87 foizga yetkazilgan. Dunyoda ushbu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etadi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, silga qarshi olib borilgan tadbirlarning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston ftiziatriya xizmati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiga kiruvchi 53 ta mamlakat orasida ikkinchi o‘rinni egallab, kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Xans Klyuge byuro rahbari lavozimiga 2019-yilning sentabr oyida saylangan bo‘lib, 2020-yilning 1-fevralidan o‘z vazifasiga rasman kirishgan. U o‘zining birinchi xorijiy tashrifini O‘zbekistondan boshladi. Tashrif doirasida 11-fevral, seshanba kuni, Xans Klyuge O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют