» » O‘zbekistonlik sil kasalligi mutaxassislari Tojikistonda malaka va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi

O‘zbekistonlik sil kasalligi mutaxassislari Tojikistonda malaka va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi


O‘zbekiston ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasining sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislari Tojikiston sil, pulmonologiya va ko‘krak jarrohligi markazi qoshidagi innovatsion o‘quv markazi, boshqa sil kasalligi markazlari bilan tanishish uchun 4  kunlik safarga chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga USAID’ning O‘zbekistonda silga qarshi kurash dasturi mutasaddilari ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik sil kasalligi mutaxassislari tojikistonlik hamkasablari bilan uchrashib, malaka va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu tashrif USAID dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlayotgan Markaziy Osiyoda silga qarshi kurashni hamkorlikda va muvofiqlashtirilgan holda olib borishga yordam berishga qaratilgan ma’lumot almashuvi faoliyatlaridan biridir.

Innovatsion o‘quv markazi USAID yordamida Tojikistonda tashkil qilingan bo‘lib, minglab tibbiyot xodimlari va talabalarni sil kasalligining oldini olish, aniqlash, bemorni alohida e’tibor bilan parvarish qilish va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining eng so‘nggi maslahatlarini o‘rgatadigan asosiy maskanga aylandi. Ushbu tashrifda qatnashgan o‘zbekistonlik shifokorlar O‘zbekiston ixtisoslashgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida USAID yordami bilan tashkil qilinadigan innovatsion o‘quv markazida murabbiy bo‘lib ishlaydi.

Ma’lumot uchun, USAID’ning silga qarshi kurash 5 yillik dasturining asosiy maqsadi O‘zbekiston va Tojikistonda sil kasalligi oqibatlarini kamaytirish va silning ko‘plab dorilarga turg‘un shakllari rivojlanishining oldini olishdan iborat. Dastur sog‘liqni saqlash sohasi salohiyatini oshirish, tashkilotlararo hamkorlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlash hamda elektron baza ma’lumotlaridan foydalanishni kengaytirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют