» » AQSh elchisi Qashqadaryodagi silga qarshi viloyat dispanseriga tashrif buyurdi

AQSh elchisi Qashqadaryodagi silga qarshi viloyat dispanseriga tashrif buyurdi


Har yili 24-mart kuni butun dunyoda Butunjahon silga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen Qashqadaryodagi silga qarshi viloyat dispanseriga tashrif buyurdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Tashrif buyurgan mehmonlarni silga qarshi viloyat dispanseri bosh shifokori To‘lqin Ashurov kutib oldi. Ta’kidlash joiz, mazkur dispenser 2015-yildan beri USAID silga qarshi kurash dasturi doirasida AQSh tomonidan texnik yordam bilan ta’minlab kelinmoqda.

Tashrif doirasida Pamela Spratlen Mijozlar maktabi shifokorlari va hamshiralari, shuningdek, USAID tomonidan tashkil etilgan sil bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash guruhlari vakillari bilan uchrashdi.

Elchi USAID tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Silga qarshi milliy dastur asosida silga qarshi davolash muolajalarini muvaffaqiyatli yakunlagan sobiq mijozlar, USAID dasturi doirasida aholiga sil haqida axborot berish masalalari bo‘yicha ta’lim olgan muxbirlar va mahalla faollari bilan ham uchrashdi.

Spratlen dispenser hududida tashkil etilgan Butunjahon silga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi. Tadbir aholini sil haqida ogoh qilishga qaratilgan namoyishlar, o‘yin va musobaqalarni qamrab oldi.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют