» » Farg‘onada qishloq vrachlik punktlari soni 283 tadan 150 tagacha qisqartiriladi

Farg‘onada qishloq vrachlik punktlari soni 283 tadan 150 tagacha qisqartiriladi


Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va OAV vakillari ishtirok etdi. Mahalliy Kengashlardagi deputatlar videoselektor tarzida o‘tgan sessiyani viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklaridagi studiyalarda kuzatdi.

Ushbu sessiyada O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jayeva qatnashdi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masalada viloyatda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida xalq deputatlari viloyat Kengashining “Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari” doimiy komissiyasi raisi Dilbarxon Mamajonovaning hisoboti eshitildi.

Viloyatda qishloq vrachlik punktlari sonini 283 tadan 150 tagacha qisqartirish va 88 ta qishloq vrachlik punkti negizida kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalarini, qisqartirilayotgan qishloq vrachlik punktlari negizida yangi 37 ta podstansiyani tashkil etish va ularda tez tibbiy yordam tarmog‘ini yanada kengaytirish, ikki smenali ish tartibini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, qisqartirilishi ko‘zda tutilayotgan qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borayotgan 369 nafar kichik tibbiy xodim, 262 nafar boshqaruvchi hamda 333 nafar qorovulni ish bilan ta’minlash maqsadida viloyat mehnat bosh boshqarmasiga ma’lumot berildi. Qishloq vrachlik punktlarini yosh va salohiyatli mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Deputat hisobotida yosh shifokorlar uchun xizmat uylarini qurish hamda quriladigan tibbiyot binolarining loyiha-smetalari yuzasidan ham ma’lumot berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘tgan uch oy davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilish tahliliga bag‘ishlandi. Ushbu masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i Odiljon Umarov axborot berdi.

Sessiyada aholini sifatli, arzon dori-darmon va tibbiyot vositalari bilan ta’minlash, dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chegaralangan narxlarda sotilishini qat’iy nazoratga olish borasidagi chora-tadbirlar kutilgan ijobiy natijalarni bermayotgani, bunda deputatlarning mas’uliyati va javobgarligi yetishmayotganiga tanqidiy baho berildi.

Sessiyada viloyat hokimining 2017-yil 31-martdagi “Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati hamda shahar, tuman Kengashlari deputatlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют