» » Rossiya koronavirus tufayli Xitoyga charter reyslarni bekor qildi

Rossiya koronavirus tufayli Xitoyga charter reyslarni bekor qildi


Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi charter reyslarga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq rasmiy ravishda kuchga kirdi, deb xabar berdi “RBK”.

Charter reyslar 14-fevraldan to‘xtatilishi haqida Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradko ma’lum qilgan edi.

Ushbu taqiq 2019-nCoV koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etildi.

14-fevraldan “Aeroflot”ning Moskvadan Pekin, Shanxay, Gonkong va Guanchjouga muntazam qatnovlari cheklanadi.

Shu bilan birga, to‘rtta Xitoy kompaniyasi uchun muntazam reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Xitoydan kelgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun Sheremetyevo aeroportida izolyatsiya qilingan F terminali ajratildi.

Rossiya Xitoy bilan muntazam reyslarni 1-fevraldan cheklamoqchi edi, biroq keyinroq aviakompaniyalarga yo‘lovchilar uyiga yetib olishi uchun aviaqatnovni 14-fevralgacha davom ettirishga ruxsat berildi.

Mavzuga doir: Koronaviruslarning manbai ko‘pincha ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Nega?

Shifokorlar 13-fevral tongi holatiga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus sabab COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan jami 48 206 kishini ro‘yxatga olgan. O‘zbekistonda esa 13-fevral holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 127) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют