» » O‘zbekiston va Rossiya reyslarni ko‘paytirish haqida kelishib ololmadi

O‘zbekiston va Rossiya reyslarni ko‘paytirish haqida kelishib ololmadi


O‘zbekiston va Rossiya reyslarni ko‘paytirish haqida kelishib ololmayapti, deb yozadi Spot Rosaviatsiya saytiga joylangan ikki mamlakat delegatsiyalari muzokaralarining protokoliga tayanib.

Rossiya tashuvchilari 2014-yildan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi reyslar qariyb ikki barobar kamayib ketganidan xavotirda, ular O‘zbekistonga parvoz qilish huquqiga ega kompaniyalar sonini ko‘paytirmoqchi.

Xususan, Rossiya belgilangan aviakompaniyalarga chastotalarni erkin tanlash huquqini berishni taklif qilmoqda, ammo O‘zbekiston dastlab hukumatlararo bitimlarda yozib qo‘yilgan kelishilgan liniyalardagi parvozlar sonini aniqlashtirib olishni taklif etmoqda.

Rossiya Moskvadan Samarqand va Buxoroga bir haftalik reyslar sonini (har bittasini) 14 tagacha ko‘paytirmoqchi, ammo O‘zbekiston tegishli ravishda o‘nta va beshta reysni taklif qilmoqda.

Shuningdek, Rossiya Moskvadan Farg‘ona va Namanganga beshtadan reys yo‘lga qo‘yilishini istayapti, O‘zbekiston esa uch va to‘rtta reysni taklif etmoqda. Rossiya Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga yettita reysni yo‘lga qo‘ymoqchi, O‘zbekiston esa beshtasini taklif etmoqda.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют