» » Xitoydan qaytgan 2972 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi, 707 kishi tibbiy kuzatuvga olingan

Xitoydan qaytgan 2972 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi, 707 kishi tibbiy kuzatuvga olingan


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 14-fevral holatiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 63 932 nafar, dunyo bo‘yicha 64 437 kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Kasallanganlarning 1381 nafari vafot etgan. Kasallik Xitoydan tashqari dunyodagi 25 ta davlatda 505 nafar fuqaroda qayd etilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 2020-yilning 14-fevral kunigacha 850 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 14-fevral kunigacha Xitoyda bo‘lib qaytgan 3679 nafar o‘zbekistonlik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 2972 nafarida kasallikning yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlangan. Bugungi kunda 707 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Qayd etilishicha, “Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtirilgan fuqarolar va ularga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi xodimlardan 14-fevral, juma kuni, ikkinchi marta laboratoriya tahlili uchun koronavirus infeksiyasiga jami 352 ta namuna olinib, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasiga yuborilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 13-fevral, payshanba kuni xorijiy davlatlardan 37 ta samolyot qabul qilinib, 4582 kishi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologik xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 7 ta poyezdda jami 1623 kishi, davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 26 919 kishi termometriyadan o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi ma’lum qilishicha, 2020-yil 14-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmagan.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni olish uchun hamda savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998712764966 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 2020-yilning yanvar oyidan boshlab 13-fevral kunigacha 837 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan edi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirus O‘zbekistonga kirib kelsa, uning oldini olish uchun tegishli shifoxonalarda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi ajratilganini aytgan edi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun tayyor emasligini ta’kidlagan. Qashqadaryoda 189 kishi koronavirusga qarshi tibbiy kuzatuvga olingan.

Ekspertlar koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkinligini ma’lum qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 63 ming kishidan oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют