» » Suriya armiyasi Deyr-az-Zorda IShIDga zarbalar berdi, 14 jangari yo‘q qilindi

Suriya armiyasi Deyr-az-Zorda IShIDga zarbalar berdi, 14 jangari yo‘q qilindi


Suriyalik harbiylar mamlakat sharqidagi Deyr-az-Zor shahrida IShID terrorchilariga, janubda esa “Jibhot an-Nusra” jangarilariga zarbalar berdi, deb yozadi “RIA Novosti” Suriya telekanallaridan biriga tayanib.

Harbiy manbaga ko‘ra, Deyr-az-Zor provinsiyasidagi aerodrom yaqinida va 137-polk bazasi hududida, shuningdek, Deyr-az-Zor shahrida armiya bo‘linmalari IShID nuqtalariga zarbalar berdi. 14 terrorchi va ularning harbiy texnikasi yo‘q qilindi.

Bundan tashqari, mamlakat janubidagi Deraa shahrida armiya bo‘linmalari “Jibhot an-Nusra” terrorchilari nuqtalarini yer bilan yakson qildi. Deraa provinsiyasining Al-Gari Al-Garbiya tumanida sakkiz kishilik “Jibhot an-Nusra” terrorchilar guruhi to‘liq yo‘q qilindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют