» » Palmiraning vayron etilishiga aloqador IShID qo‘mondoni yo‘q qilindi

Palmiraning vayron etilishiga aloqador IShID qo‘mondoni yo‘q qilindi


Suriyada Palmira shahri yodgorliklarining vayron etilishiga aloqador IShID terrorchilik tashkiloti harbiy qo‘mondoni yo‘q qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Abu Hamid as-Sukniy taxallusi bilan tanilgan jangari Palmira va Dayr-az-Zor orasidagi kichik shaharchada tug‘ilgan. U IShIDning 2015-yilda Palmiradagi yodgorliklarni yakson qilishga yo‘naltirilgan batalyoniga shaxsan boshchilik qilgan.

Jangarilar boshlig‘i Suriya armiyasi bilan Palmira shahridan 15 kilometr narida joylashgan Jebel-el-Mozar tog‘ida bo‘lgan to‘qnashuvda yo‘q qilingan. Suriya armiyasi o‘nlab terrorchilarni yakson qilib, IShID nazorati ostidagi hududlarda joylashgan omborlarning bir qismini qaytarib olgan.

IShID terrorchilari Palmirani birinchi bor 2015-yil may oyida egallagan edi. Suriya armiyasi 2016-yil martida Rossiya harbiylari ko‘magida shaharni qaytarib olgan. 2016-yil dekabrida IShID jangarilari qaytadan Palmirani qo‘lga kiritdi, 2017-yil martida esa shahar qayta ozod etildi.

Terrorchilar nazorati ostida bo‘lgan vaqtda Palmiradagi ko‘plab tarixiy yodgorliklar yo‘q qilingan, uning yer osti omborlarini portlatib yuborilgan. Bundan tashqari terrorchilar antik shaharning ko‘plab yodgorliklarini yakson qilgan, jumladan, 1800 yillik tarixga ega ikkita ibodatxona hamda Rim Triumfial arkasini yo‘q qilgan.

2017-yilning yanvarida jangarilar Palmiradagi Rim amfiteatrining bir qismini portlatib yuborgan. Bundan tashqari terrorchilar to‘rt tomondan kiriladigan inshoot — tetrapilionni ham yakson qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

 

Опубликовано: admin (18-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют