» » Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rishton—So‘x yo‘lining ochilgani va ikki kunda yopib qo‘yilganiga izoh berdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rishton—So‘x yo‘lining ochilgani va ikki kunda yopib qo‘yilganiga izoh berdi


14-fevral, juma kuni, TIV tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Ochiq muloqotda TIV rasmiysi Rishton—So‘x yo‘lining ochilganidan ikki kun o‘tgach yopib qo‘yilgani haqidagi savolga shunday javob berdi.

“Bunda hech qanday bir siyosiy ma’no va siyosiy omil yo‘q. Hamma narsa bir-biriga bog‘liq. Qirg‘iziston — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlat. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi — iqtisodiy tashkilot. Bunda iqtisodiy rejim umuman boshqacha.

Shaxsan o‘zim So‘x yo‘li ochilishiga borganman. To‘g‘ri, So‘x yo‘li ochildi va ertasiga yopildi. Yopilganining sababi — biz YeOII tashkilotga a’zo emasmiz. Bizda savdo rejimi mutlaqo boshqacha. Qirg‘iziston bilan bugungi kunda 21 ta post bo‘ladigan bo‘lsa, 14 ta post ishlab turibdi. Lekin qolgan 7 tasi, masalan, So‘x ishlamayapti. Hozirgi kunda bu muammoni hal qilish uchun Qirg‘iziston tomoni bilan muzokaralar olib boryapmiz”, — dedi Ne’matov.

Mavzuga doir: 

TIV rasmiy vakilining ta’kidlashicha, yaqin kunlarda Farg‘ona vodiysida uchrashuv bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Unda qo‘shni viloyatlar, ya’ni Qirg‘izistondan O‘sh, Jalolobod va Kent, O‘zbekistondan Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari ishtirokida ikki mamlakat bosh vazirlari rahbarligida uchrashuv bo‘ladi. Kutilayotgan mazkur uchrashuvda Rishton—So‘x yo‘li masalasi ham kun tartibiga kiritilgan.

“Hozirgi kunda bizdan berilgan taklifni Qirg‘iziston tomoni ko‘rib chiqyapti. Bosqichma-bosqich hamma postlarni ochishga taklif berganmiz.

Tojikiston bilan 17 ta postni ochib qo‘ydik. O‘n sakkizinchi postni ochish bo‘yicha ish olib boryapmiz. Qirg‘iziston bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. Lekin bunga ozgina vaqt kerak. Chunki Qirg‘iziston YeOII a’zo bo‘lganligi uchun ularda savdo rejimi sal boshqacharoq. Biz bunga sal moslashishimiz kerak. Sababi bojxona orqali import va eksport qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish masalasi yotibdi. Ammo bu doimo kun tartibida turibdi. Biz buni oxiriga yetkazamiz”, — degan Ilhom Ne’matov.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют