» » APL. Manening yagona goli “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi (video)

APL. Manening yagona goli “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 25-turida 15-fevral, shanba kuni “Liverpul” va “Norvich” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida Sadio Mane tomonidan kiritilgan to‘p “qizillar”ga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasi Premyer Ligadagi g‘alabali seriyasi 17 o‘yinga yetdi. O‘tgan mavsum bilan hisoblaganda mersisaydlar APLda ketma-ket 43 uchrashuvdan buyon mag‘lub bo‘lmayapti.

“Liverpul” 76 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Norvich” (18) esa 20-o‘rindan joy olgan.

APL

25-tur bahslari

15-fevral, shanba

Gol: 0:1 — 78 Mane.

“Norvich”: Krul, Simmermann, Aarons, Henli, Bayrem (Lyuis, 27), Duda, Kentuell, Maklin, Tetti (Drmich, 84), Rupp (Buendia, 83), Pukki.

“Liverpul”: Alisson, Robertson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Keyta (Milner, 84), Veynaldum (Fabinyo, 60), Henderson, Oksleyd-Chemberlen (Mane, 60), Saloh, Firmino.

Ogohlantirishlar: Henli (41), Keyta (83), Mane (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют