» » Bundesliga. “Bavariya” 5 ta gol urilgan bahsda yirik g‘alabaga erishdi

Bundesliga. “Bavariya” 5 ta gol urilgan bahsda yirik g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 22-turida “Bavariya” 16-fevral, yakshanba kuni “Kyoln” mehmoni bo‘ldi va safardan yirik g‘alaba bilan qaytdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasiga qadar myunxenliklar Robert Levandovski (3), Kingsli Koman (5) va Serj Gnabrining (12) gollari evaziga hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

66-daqiqada Gnabri dubl qayd etgan holda mehmonlarning to‘rtinchi golini urdi. Mezbonlar bunga Mark Utning 70-daqiqadagi goli bilan javob qaytardi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Bavariya” 46 ochko bilan birinchi o‘ringa qaytdi.

Bundesliga

22-tur bahsi

16-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 — 3 Levandovski, 0:2 — 5 Koman, 0:3 — 12 Gnabri, 0:4 — 66 Gnabri, 1:4 — 70 Ut.

“Kyoln”: Horn, Yakobs (Shmits, 72), Katterbax (Kayns, 29), Bornauv, Hektor, Dreksler, Sxiri, Chixos, Exizibue, Kordoba (Modest, 81), Ut.

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Boateng (Lyuka Ernandes, 46), Pavar, Kimmix (Tolisso, 59), Gnabri, Devis, Alkantara, Koman (Goretska, 79), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Boateng (28), Alkantara (49), Bornauv (79), Pavar (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют