» » Xalqaro Chempionlar Kubogi. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” “Real”dan ustun keldi (video)

Xalqaro Chempionlar Kubogi. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” “Real”dan ustun keldi (video)


21-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogida Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi Niko Kovach boshliq Myunxenning “Bavariya” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuv davomida “qizillar” vakillari Koranten Tolisso (15), Robert Levandovski (67), Serj Gnabri (69) tomonidan kiritilgan gollarga “Qirollik klubi” Rodrigo Goesning  84-daqiqada jarima zarbasidan urgan goli bilan javob qaytardi. Qayd etish joiz, o‘yinning 81-daqiqasida myunxenliklar darvozaboni Sven Ulrayx hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Shu tariqa “Bavariya” “Real”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Xalqaro Chempionlar Kubogi

21-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 — 15 Tolisso, 2:0 — 67 Levandovski, 3:0 — 69 Gnabri, 3:1 — 84 Rodrigo

“Bavariya”: Noyer (Ulrayx, 46), Kimmix, Alaba (Sayzer, 73; Xoffmann, 83), Boateng, Tolisso (Singx, 72), Martines (Zyule, 46), Sanshesh (Pavar, 46), Alkantara (Goretska, 59), Koman (Devis, 59), Myuller (Levandovski, 46), Arp (Gnabri, 46)

“Real Madrid”:  Kurtua (Navas, 46), Varan (Adri, 46), Ramos (Nacho, 46), Marselo (Mendi, 46), Karvaxal (Xavi, 46), Modrich (Seoane, 46), Isko (Rodrigo, 46), Asensio (Vaskes, 46), Kroos (Kubo, 46), Azar (Vinisius Junior, 46), Benzema (Yovich, 46)

Ogohlantirishlar: Kimmix (51), Goretska (90)

Chetlatish: Ulrayx (81)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют