» » Bundesliga. “Bavariya” ochko yo‘qotdi (video)

Bundesliga. “Bavariya” ochko yo‘qotdi (video)


28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 31-turida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Myunxenning “Bavariya” jamoasi mehmonda “Nyurberg” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 48-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Mateus Pereyra Sven Ulrayx qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabri hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa “Bavariya” mehmonda “Nyurnberg” bilan durang o‘ynadi va bir ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng Myunxen klubi 71 ochko to‘plab, musobaqa jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi. Undan bir pog‘ona ortda borayotgan “Borussiya Dortmund”da esa 69 ochko mavjud.

31-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

31-tur bahslari

28-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 9 Salai, 1:1 — 42 Villiam, 1:2 — 69 Vegorst, 1:3 — 85 Arnold, 1:4 — 88 Vegorst

Gollar: 1:0 — 48 Mateus Pereyra, 1:1 — 75 Gnabri

“Nyurnberg”: Mateniya, Bauer (Ilichevich, 88), Myul, Everton, Lyaybold, Mateus Pereyra, Berens, Erras, Kerk, Leven (Margraytter, 82), Isxak (Tillmann, 72)

“Bavariya”: Ulrayx, Kimmix, Zyule, Hummels, Alaba, Alkantara, Martines (Hames, 57; Devis, 72), Myuller (Gnabri, 46), Goretska, Koman, Levandovski

Ogohlantirishlar: Everton (68), Devis (90), Zyule (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют