» » Germaniya Kubogi. “Bavariya” “Verder”ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Germaniya Kubogi. “Bavariya” “Verder”ni mag‘lub etib, finalga chiqdi


24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Kubogi yarim finalining ikkinchi o‘yinida Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Verder” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqaga kelib yarim himoyachi Tomas Myuller Leon Goretska uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 74-daqiqada mezbon jamoa a’zosi Yuya Osako hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib “Verder” hujumchisi Milot Rashitsa “qizillar” darvozasiga gol urdi (2:2). 80-daqiqaga kelib maydon egalari darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan Robert Levandovski unumli foydalanib, dublga erishdi (3:2).

Shu tariqa “Bavariya” mehmonda kechgan bahsda “Verder”ni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda myunxenliklar musobaqa finalida “Leypsig” bilan jang qiladi. Uchrashuv 25-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Leypsig” yarim finalda “Hamburg” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Germaniya Kubogi

1/2 final bahslari

23-aprel, seshanba

Gollar: 0:1 — 12 Poulsen, 1:1 — 23 Jatta, 1:2 — 53, avtogol, Yanjichich, 1:3 — 72 Forsberg

24-aprel, chorshanba

Gollar: 0:1 — 36 Levandovski, 0:2 — 63 Myuller, 1:2 — 74 Osako, 2:2 — 75 Rashitsa, 2:3 — 80, penalti, Levandovski

“Verder”: Pavlenka, Velkovich, Augustinsson (Xarnik, 81), Gebre Selassiye, Moysander, Eggeshtayn, Mevald (Pisarro, 65), Rashitsa, Klassen (Eggeshtayn, 89), Osako, Kruze.

“Bavariya”: Ulrayx, Boateng, Alaba, Kimmix, Hummels, Gnabri (Goretska, 58), Martines, Alkantara (Xames, 76), Koman, Myuller (Rafinya, 89), Levandovski

Ogohlantirishlar: Klassen (25), Hummels (26), Kruze (84), Hames (84), Levandovski (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют