» » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida to‘rt pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida to‘rt pog‘ona yuqoriladi


Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2020-yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra dunyodagi mobil va simli internet tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest.net global oylik reytingi ma’lumotlarini e’lon qildi.

O‘zbekiston bu reytingda 4 pog‘ona yuqorilab internet tezligi o‘sishi bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatdi.

Mamlakatimiz umumiy reytingda dunyoning 176 mamlakati orasida (yil davomida 15 pog‘ona yuqorilab) 104-o‘ringa ko‘tarildi. Bu yil davomida kuzatilgan eng yuqori o‘sishdir.

2020-yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz internet tezligi bo‘yicha Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin) va Turkmaniston (176-o‘rin) kabi davlatlarni ortda qoldirdi.

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar oshib, 2019-yil yanvaridagi 10,89 Mbit/s dan 2020-yil yanvar oyida 25,75 Mbit/s gacha (Download) yetdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston 2019-yil dekabriga holatiga nisbatan o‘z o‘rnini yaxshilab, ikki pog‘ona yuqorilab 132-o‘ringa ko‘tarildi (yiliga 5 pog‘ona ko‘tarilish).

Speedtest o‘z reytingini ushbu xizmat orqali internetga ulanish tezligini tekshirgan foydalanuvchilar tomonidan olingan ma’lumotlari asosida yaratadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют