» » O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha reytingda 7 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha reytingda 7 pog‘ona yuqoriladi


O‘zbekiston simli tezlik bo‘yicha reytingda 7 pog‘ona yuqoriladi. Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti 2019-yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

O‘zbekiston aprel oyidagi mobil internet tezligi bo‘yicha tezlik 9,8 Mbit /s'gacha (ilgari 9,49 Mbit /s) yaxshilangan bo‘lsa-da, ikki pog‘ona pastlab 139 talik ro‘yxatdan 129-o‘rinni egalladi.

Simli tezlik bo‘yicha esa 13,5 Mbit / s tezlik bilan ro‘yxatning 124- (ilgari 131 o‘rin) pog‘onasida joylashdi:

Norvegiya reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha (65,41 Mbit / s), Singapur esa simli tezlik (197,50 Mbit / s) bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Speedtest tezlikni hisoblab chiqadi va ma’lum bir mamlakatning tashrif buyuruvchilaridan kelgan o‘zining ma’lumotlariga asoslanib reyting yaratadi. Sayt oyiga 150 milliondan ziyod kishi tashrif buyuradigan internet tezligini aniqlash bo‘yicha asosiy servislardan biri sanaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют