» » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingdagi pozitsiyasini yaxshiladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingdagi pozitsiyasini yaxshiladi


Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net internet-xizmati Speedtest Global Index’ning oylik reytingini e’lon qildi, unda 2019-yilning fevral oyiga qadar dunyodagi mobil va simli Internet tezligi haqidagi ma’lumotlar mavjud, deya xabar beradi “Spot”.

O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini biroz yaxshilagan. Mobil internet tezligi bo‘yicha u ikki pog‘onaga ko‘tarilgan va 8,75 Mbit/s tezlik bilan 136 dan 126-o‘rinni egallagan. Simli internet tezligi 11,68 Mbit/s bilan 177 dan 130-o‘rinda qolgan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Norvegiya (67,34 Mbit /s), simli internet tezligi bo‘yicha Singapur (195,36 Mbit/s).

Speedtest reytingi tezlikni o‘zi hisoblab chiqadi va foydalanuvchilarning ma’lumotlariga asoslangan holda yaratadi.

Xizmat oyiga kamida 670 ta yagona mobil internet tezligi sinovlari va 3333 simli internet tezligi sinovlari qabul qilingan mamlakatlarni ro‘yxatga qo‘shgan. Xizmat subyektivligiga qaramasdan, Internet tezligini aniqlash bo‘yicha asosiy xizmatlaridan biri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют