» » Iordaniya chigirtkalar galasi yopirilishiga qarshi kurashishda yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi

Iordaniya chigirtkalar galasi yopirilishiga qarshi kurashishda yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi


Iordaniya qishloq xo‘jaligi vazirligi 18-fevral kuni chigirtkalar galasi yopirilishiga qarshi choralar doirasida trevoga holati o‘rtadan yuqoriga oshirilganini e’lon qildi. Bu haqda Sunxua Novosti xabar bermoqda.

Iordaniya qishloq xo‘jaligi vaziri Ibragim Shahahdening aytishicha, kuzatuvlar cho‘l chigirtkalari galasi Saudiya Arabistonining Iordaniya chegarasidan 500 kilometr uzoqlikda joylashgan ayrim hududlariga yetganini ko‘rsatganidan keyin shunday chora ko‘rilgan.

U Iordaniya Harbiy havo kuchlari, Bojxona departamenti va boshqa kuchlarning ko'magi bilan hasharotlarga qarshi turishga qodir va tayyor ekanini ta’kidlagan.

Bundan avval Afrika davlatlarida so‘nggi 70 yilda yopirilgan eng yirik chigirtkalar to‘dasi sabab ocharchilik boshlanishi mumkinligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют