» » Afrika davlatlarida so‘nggi 70 yilda yopirilgan eng yirik chigirtkalar to‘dasi sabab ocharchilik boshlanishi mumkin

Afrika davlatlarida so‘nggi 70 yilda yopirilgan eng yirik chigirtkalar to‘dasi sabab ocharchilik boshlanishi mumkin


Sharqiy Afrika mamlakatlari ekin maydonlariga yopirilgan chigirtkalar to‘dasi sabab ocharchilik domida qolishi mumkin, deb xabar beradi “JP.ru”.

“Afrika va Janubiy Osiyoga sahro chigirtkalarining ulkan to‘dalari yopirildi. Zararkunandalar aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashga mo‘ljallangan ekin maydonlarini yakson qilmoqda. Yaqin vaqt ichida ko‘plab mamlakatlarda ocharchilik boshlanish ehtimoli mavjud”, — deyiladi xabarda.

Sinxua agentligining BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrikka tayanib ma’lum qilishicha, agar hasharotlar hozir to‘xtatilmasa, ularning soni yozning birinchi oyiga qadar 500 marotabaga oshib ketishi mumkin.

Ayni vaqtda zararkunandalar oqibatida Efiopiya, Somali, Keniya, Tanzaniya va Uganda zarar ko‘rgan. Somalida favqulodda holat e’lon qilingan. Keniya uchun bu so‘nggi 70 yildagi, Somali va Efiopiya uchun esa — 25 yildagi ofat.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari bo‘yicha (FAO) favqulodda vaziyatlar direktori Dominik Burgon ushbu mamlakatlar oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.

Chigirtkalarga qarshi yo‘naltirilgan kurashlar hozircha hech qanday natija bermadi.

Havo orqali pestitsidlarni sepish samara berishi mumkin, biroq mintaqadagi davlatlarda bunga yetarlicha resurs mavjud emas.

BMT insektitsid bilan dorilash ishlarini amalga oshirish uchun boshqa mamlakatlarni Afrikaga 76 million dollar yordam puli ajratishlarini so‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют