» » BMT: Dunyoda och qolayotganlar soni 11 million kishiga ortdi

BMT: Dunyoda och qolayotganlar soni 11 million kishiga ortdi


Dunyoda och qolayotgan kishilar soni o‘sishda davom etmoqda. 2017-yilda dunyo bo‘yicha 124 million kishi ovqatga to‘ymaslikdan aziyat chekkan, bu 2016-yilgidan 11 millionga ko‘pdir. Mazkur ma’lumotlar BMTning 22-mart kuni e’lon qilingan hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Kazinform”.

Hisobotda ma’lum qilinishicha, mojarolar, ekstremal ob-havo sharoitlari va ular bilan bog‘liq oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi ocharchilikka sabab bo‘lmoqda. Qurolli harakatlar 18 ta mamlakatda ocharchilikni keltirib chiqardi. Ulardan 15 tasi Afrika va Yaqin Sharqda joylashgan.

Tabiiy halokatlar, birinchi navbatda, qurg‘oqchilik 23 ta mamlakatda oziq-ovqat inqirozini yuzaga keltirdi. Ularning uchdan ikki qismi Afrika qit’asida joylashgan.

2018-yilda mojarolar Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya, Chad ko‘li mintaqasi, Janubiy Sudan, Suriya, Liviya, Mali va Nigerda oziq-ovqat inqiroziga sabab bo‘lishi mumkinligi kutilmoqda.

Bugungi kunda oziq-ovqat bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat Yamanda yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют