» » Ulkan yoriq Afrikani ikki bo‘lakka ajratib qo‘yishi mumkin (foto)

Ulkan yoriq Afrikani ikki bo‘lakka ajratib qo‘yishi mumkin (foto)


Keniya janubi-g‘arbida paydo bo‘lgan katta yoriq Nayrobi—Narok shossesining bir qismi vayron bo‘lishiga olib keldi. Ko‘p kilometrga cho‘zilgan yoriq hududdagi seysmik faollik natijasida paydo bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews.

Rift vodiysini hosil qilgan Sharqiy Afrika yorig‘i 3000 kilometrga cho‘zilgan bo‘lib, Afrika plitasini ikkita teng bo‘lmagan qismga — Somali va Nubiya plitasiga bo‘lgan, ular yiliga 6—7 mm tezlikda bir-biridan ajralmoqda.

138 million yil avval xuddi shunday qit’a yorilishi natijasida Atlantika okeani paydo bo‘lgandi. O‘shanda Afrika va Janubiy Amerika bir-biridan ajralgan — hozirgacha ularning qirg‘oq chiziqlari bir-biriga mos kelishini kuzatish mumkin. Shunga o‘xshash holat Afrika rift vodiysida ham yuz berishi mumkin, shunda okean yoriqni to‘ldiradi, Afrika qit’asining bir qismi (Efiopiya va Somalini o‘z ichiga oluvchi) katta orolga aylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют