» » 2024-yilgacha O‘zbekistonda 23 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari quriladi

2024-yilgacha O‘zbekistonda 23 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari quriladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va sport, Iqtisodiyot va sanoat hamda Moliya vazirliklari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga binoan 2020—2024-yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari yaratiladi. Shuningdek, yetarli sport inshootlariga ega yana 68 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablarining filiallarini tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 2020-yilda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarini saqlash harajatlari mahalliy byudjetlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilib, 2021-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida nazarda tutilishi belgilab qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют