» » Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” durang o‘ynadi. “Inter”da g‘alaba, “Ayaks” esa mag‘lubiyatga uchradi

Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” durang o‘ynadi. “Inter”da g‘alaba, “Ayaks” esa mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 finali dastlabki o‘yinlari 20-fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Inter” jamoasi safarda “Ludogorets” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida Kristian Eriksen milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Romelu Lukaku penaltini golga aylantirgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Manchester Yunayted” esa “Bryugge” maydoniga safar qildi. Dastlab maydon egalari Dennis Bonaventurening golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Unga mankunianliklar 36-daqiqada Antoni Marsyalning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

“Xetafe” o‘z maydonida “Ayaks”dan ustun keldi. “Ayntraxt” esa “Zalsburg” darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi. Frankfurtliklar safida yaponiyalik futbolchi Daiti Kamada het-trik muallifiga aylandi.

Yevropa Ligasi

1/16 final, ilk bahslar

20-fevral, payshanba

Gollar: 0:1 — 71 Eriksen, 0:2 — 90+5, penalti Lukaku

Gollar: 1:0 — 15 Bonaventure, 1:1 — 36 Marsyal.

Gollar: 1:0 — 37 Deyverson, 2:0 — 90+3 Kenedi.

Gollar: 1:0 — 12 Kamada, 2:0 — 43 Kamada, 3:0 — 53 Kamada, 4:0 — 56 Kostich, 4:1 — 85, penalti Hvan Hi Chan.

Gollar: 1:0 — 59, penalti Dyak, 1:1 — 82 En-Nesiri.

Gollar: 0:1 — 14 Eduar, 1:1 — 52 N’Doye.

Gollar: 1:0 — 3 Koates, 2:0 — 44 Shporar, 3:0 — 51 Vetto, 3:1 — 77, penalti Vishcha.

Gollar: 1:0 — 56 Alan Patrik, 1:1 — 66, penalti Pitssi, 2:1 — 72 Kovalenko.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют