» » O‘zbekistonda limon yetishtirish uchun subsidiyalar ajratiladi, 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi

O‘zbekistonda limon yetishtirish uchun subsidiyalar ajratiladi, 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi


O‘zbekiston Prezidentining “Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2018—2019-yillarda 46 million dollar miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari jalb qilinib, 730 gektar maydonda zamonaviy limonzorlar barpo etildi, limon yetishtiriladigan issiqxonalar umumiy maydoni 1221 gektarga yetkazildi.

Qarorga muvofiq “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi nomi “Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi deb o‘zgartirildi.

Shuningdek, tajriba tariqasida akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Markaz faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Markaz uchun akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidan bino va issiqxona uchun 12 gektar yer maydoni ajratiladi.

Qarorga muvofiq, yangi limonzorlar “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.

2020-yil 1-martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan subsidiya hisobidan qoplanadi.

Limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport (temir yo‘l va aviatsiya transporti) xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tijorat banklari bilan birgalikda limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kamida 100 million dollar miqdoridagi mablag‘lari jalb etilishini ta’minlaydi.

“Turon” bank aksiyadorlik tijorat banki xalqaro moliya institutlarining 100 million dollar miqdoridagi xorijiy kredit liniyalarini limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda universitetning 3-bosqich talabalari orasidan saralab olingan talabalar uchun sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha zaruriy bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlovchi maxsus guruhlarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют