» » “Turkmanenergo”dagi nosozlik sababli O‘zbekistonga yetkaziladigan elektr energiyasi keskin kamaydi

“Turkmanenergo”dagi nosozlik sababli O‘zbekistonga yetkaziladigan elektr energiyasi keskin kamaydi


Turkmaniston elektr uzatish tarmog‘ida ro‘y bergan nosozlik tufayli O‘zbekiston energetika tizimi bo‘yicha avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida 600 MVt quvvatdan foydalanayotgan iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 21-fevral kuni soat 6:45 da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli “Mari issiqlik stansiyasi”da va “Serdar” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulodda o‘chgan. Natijada Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaydi.

Ayni paytda turkmanistonlik energetiklar havo tarmog‘idagi nosozlik sabablarini aniqlab, uni bartaraf etish yuzasidan zarur ishlarni olib bormoqda.

O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minoti tizimida import amaliyoti o‘rnini qoplash uchun barcha zaxira kuchlari safarbar etilgan bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

“Turkmanenergo” korporatsiyasining “Mari issiqlik stansiyasi” va “Serdar” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilgach, tarmoqdan uzilgan iste’molchilarga kuchlanish berish boshlanishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabridan “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda.

Turkmanistondan import qilinayotgan elektr energiyasi nosozlik sabab uzilib qolishi o‘tgan yilning dekabrida va joriy yilning yanvar oyida ham kuzatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют