» » Shvetsiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Stokgolm teraktidagi aybini tan oldi

Shvetsiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Stokgolm teraktidagi aybini tan oldi


Stokgolmdagi terakt munosabati bilan gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan Rahmat Oqilov aybini tan oldi. Bu haqda Oqilovning advokati Yuxan Eriksson ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

“U terrorchilik jinoyatini sodir etganligini tan oldi”, — dedi Eriksson Stokgolm sudi majlisida qilgan chiqishi chog‘ida. Mazkur majlisda Oqilovga nisbatan ehtiyot chorasi belgilanadi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli Rahmat Oqilov 7-aprel kuni Stokgolm markazida piyodalar ustiga bosib borgan yuk mashinasini boshqargan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jabrlangan. Shvetsiya hukumati yuz bergan voqeani terakt deb baholadi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, Oqilov 2014-yili Shvetsiyada doimiy yashash uchun so‘rov bergagn, biroq 2016-yilda uning so‘roviga rad javobi berilgan va u deportatsiya qilinishi lozim edi. 2017-yil fevralida u mamlakatdan chiqarib yuborish uchun qidiruvga berilgan.

Stokgolmdagi terakt bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi hibsga olingan bo‘lib, hozircha uning ismi oshkor etilmayapti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют